O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi axboroti
Muqaddam Koreya Respublikasi fuqarosi bilan turmush qurib, Koreyada yashab kelayotgan va oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush o’rtog’i bilan munosabatlari yomonlashgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, 23 yoshli Z ismli ayol to’g’risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlardan ma’lum bo’lishicha, Z ismli ayolning turmush o’rtog’i farzandini olib qo'ygani va ayolini uydan haydab yuborgan. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish hamda to’liq ma’lumot olish maqsadida O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi Koreya vakolatli idoralari bilan tezkor aloqa o`rnatdi. Yuqorida ta’kidlangan Z ismli ayol to’g’risda ma’lumotlar to’liq emasligi bois, ushbu shaxsning hozirda bo’lib turgan joyini aniqlash va u bilan aloqa o’rnatish bo’yicha tadbirlar olib borilmoqda. Mazkur holat elchixona nazoratiga olinganligini ma’lum qilamiz.