O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Eron Elchisi bilan uchrashdi
2019-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro sa’y-harakatlar, qo‘shni mamlakatning iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam berish borasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston-Eron hamkorligining konstruktiv xususiyatini inobatga olgan holda afg‘on masalasi bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishni davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Afg‘onistonda tinch jarayoniga ko‘maklashish va yirik iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha mintaqa davlatlari o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligi, bu esa mazkur davlatda tinch hayotni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirishi ta’kidlandi.
Eron Elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga uning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi faoliyati davomida ko‘rsatgan konstruktiv hamkorlik va yordami uchun minnatdorchilik izhor etdi.