anubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlarga mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berildi
Anjuman ishtirokchilariga ayni paytda yurtimizda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi davom etayotgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bo‘lgan ehtiyoj xalqimizning xohish-istagi, siyosiy irodasi, ezgu maqsadlarining ifodasi hamda demokratik islohotlarning mantiqiy davomi sifatida vujudga kelgani alohida qayd etildi.
Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yana-da rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erikinliklarini mustahkamlash, "inson qadri uchun" degan ezgu g‘oyani amalda qaror toptirishga qaratilgani taʼkidlandi.
Tadbirda ishtirokchilarga fuqarolarning o‘z fikri va xohish irodasini demokratik prinsiplar va huquqiy normalar asosida erkin bildirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil tushuntirildi. Xususan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida fuqarolarning iqtisodiy huquqlari, xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatning erkinligini himoya qilishga oid o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi aytib o‘tildi.