Isroildagi vatandosh: O‘zbekistonda nogironlarni parvarishlovchi mutaxassislarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega
– O‘zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqdaman.
Mamlakatimiz rahbariyatining “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat, u o‘z siyosatini ijtimoiy adolat tamoyili asosida yuritadi” kabi g‘oyalarini va bu boradagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Jumladan, nogiron bolalar uchun ta’limning boshlang‘ich bosqichidan oliy ta’lim tizimigacha maxsus shart-sharoitlar yaratilishi hamda ma’naviy va jismoniy qo‘llab-quvvatlanishi tarafdoriman. Nogironlarni parvarishlovchi mutaxassislarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega.
Shubhasiz, nogironlarga e’tibor ko‘rsatilishi hozirgi zamonning insonparvarlik talablaridan biridir.
O‘zbekiston qonunchiligida ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar va ularning amalda bajarilishi munosib e’tiborni talab