Nyu-Yorkdan munosabat: Konstitutsiyaviy islohotlar xalqimizning ko‘p yillik xohish-irodasidir
– O‘zbekiston konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar tufayli qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan tarixiy-siyosiy voqealarni katta qiziqish bilan kuzatib borayapmiz va jamoamiz bilan o‘z fikrlarimizni bildirishga harakat qilayapmiz.
Ushbu konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yana-da taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquq va erikinliklarini mustahkamlash, “inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalda qaror topishiga qaratilganini taʼkidlash mumkin.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi hamda g‘amxo‘rlik qilishi, biz kabi Vatandan uzoqda yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun g‘urur va quvonch baxsh etadi.
Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mamlakatimiz fuqarolarining O‘zbekistonda yoki xorijda bo‘lishlaridan qatʼiy nazar, ko‘p yillik xohish-irodasini ifodalaydi, degan fikrdaman.