Belgiyadan munosabat: Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston taraqqiyotining strategik yo‘l xaritasi bo‘ladi
YEI va Markaziy Osiyo munosabatlari bo‘yicha tadqiqotchi va siyosiy tahlilchi, EUROUZ eksperti, «Volt Brussels» umumevropa partiyasining kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Vita Kobiyela konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin qabul qilingan mavjud qoidalar va amaliyotlarni yana-da takomillashtirishga, ularni zamon talablariga moslashtirishga xizmat qilishi haqida fikr bildirgan. Islohotlar asosiy shaxsiy va jamoaviy huquq hamda erkinliklarni kengaytirish, hokimiyatlar bo‘linishi, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va boshqa dolzarb masalalarni qamrab olgan.
Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni 2021 yilning noyabr oyida boshlangan. O‘shanda mahalliy va xorijiy ekspertlar, ilmiy-akademik va taʼlim doiralari vakillaridan iborat birinchi guruhga mavjud vaziyatni baholash va dastlabki takliflarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan edi, deb taʼkidlanadi nashrda.
Materialda qayd etilganidek, islohotlar allaqachon uzoq, puxta tashkil etilgan va chuqur o‘ylangan jarayonni bosib o‘tdi. Umumxalq muhokamasi natijasida Konstitutsiyaviy komissiyaga 60 mingdan ortiq taklif, fikr va mulohazalar kelib tushdi.
«Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston taraqqiyotining strategik yo‘l xaritasiga aylanadi va shu tariqa mamlakat tarixida yangi sahifa ochadi», deb yozadi “EU Reporter”.