Misrdagi vatandosh: Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlarda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash mavzusini alohida kiritilayotgani bizni yana-da ruhlantirmoqda
– Misrda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Kuni kecha Misrdagi bir guruh faollar “Vatandoshlar” jamg‘ramasi rahbariyati bilan onlayn-muloqotda ishtirok etdi. Quvonarli jihati xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar yurtimiz taraqqiyotiga bizning ham dahldorligimizni yana bir karra oshirdi.
Shu maʼnoda asosiy Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlarda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash mavzusini alohida kiritilishi bizni yana-da ruhlantirdi.
So‘nggi yillarda respublikamiz rahbariyati tomonidan inson qadrini yuksaltirish va vatandoshlarimizning huquq va erkinliklarini barcha jabhalarda to‘liq taʼminlanishi borasida amalga oshirayotgan islohotlarni barchamiz guvohmiz.
Shu nuqtai nazardan, o‘ylashimcha, mamlakatimiz taraqqiyoti va farzandlarimizning porloq kelajagi uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz kerak.