Singapurdagi vatandoshimiz: Bosh qomusiz islohoti mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning munosib hayot tarzini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi
- Men xorijda istiqomat qilishimga qaramasdan, O‘zbekistonda bo‘layotgan islohotlarni doimiy ravishda kuzatib boraman. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Ayni kunlarda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar chet elda taʼlim olayotgan va ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ham befarq qoldirayotgani yo‘q.
Men davlatimiz rahbari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirilgan taklif va tashabbuslarni juda dolzarb va asosli deb bilaman. Ushbu yangi normalar mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning munosib hayot tarzini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.