O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar Singapur OAV diqqat markazida
Nashrda «Yangi O‘zbekiston» konsepsiyasini amalga oshirish doirasida joriy yil 20 may kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgani maʼlum qilingan.
Maqolada konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari taqdim etilgan, shuningdek, ularning mohiyati va ahamiyati ochib berilgan.
Nashrning yozishicha, konstitutsiyaviy islohotlar aholi farovonligi va mamlakat ravnaqini yana-da yuksaltirish, uning iqtisodiy qudrati hamda jahon miqyosida raqobatbardoshligini mustahkamlash borasidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.