Eron OAV: O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi muddati uzaytirildi
Nashrda taʼkidlanganidek, aholi, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan faol yo‘llanayotgan takliflarning ko‘pligi inobatda olinib, O‘zbekiston parlamenti «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi muddatini 1 avgustgacha uzaytirdi.
Maqolada Konstitutsiyaviy qonun loyihasida O‘zbekiston Asosiy qonunining 60 dan ortiq moddasiga o‘zgartishlar kiritish taklif etilayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, bir qator yangi modda va normalar kiritilmoqda.
«O‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish yuzasidan konstitutsiyaviy komissiya takliflarni konstitutsiyaviylikni rivojlantirishning ilg‘or xalqaro tajribasini chuqur o‘rganish asosida ko‘rib chiqmoqda. Hech qanday taklif yoki tashabbus eʼtibordan chetda qoldirilmayapti. Ular jamiyat va davlat rivojiga amaliy foyda keltirishi nuqtai nazaridan puxta tahlil qilinmoqda», deya taʼkidlaydi fors agentligi.
Bundan tashqari, maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi huquq va erkinliklarini taʼminlash, pirovardida, ijtimoiy adolat tamoyilini qo‘llash ekanligi alohida qayd etilgan.
«O‘zbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohot bu mamlakat tarixida yangi taraqqiyot davri boshlanganidan dalolat beradi. Yangi bosqichning eng muhim yo‘nalishlari davlat va boshqaruv organlari, ularning rahbarlari bundan buyon o‘z faoliyatini ijtimoiy davlat qurish tamoyillari asosida qurishi zarurligida namoyon bo‘lmoqda», deb yozadi «ITNA Online News».