Xitoy bosma nashrlari O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini keng yoritmoqda
Nashrlarda qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy islohotlar 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va chinakam xalqparvar davlatni barpo etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda mustahkam poydevor bo‘lishga xizmat qiladi.
Xitoy OAV eʼlon qilgan materiallarda Asosiy qonunni O‘zbekiston jamiyatining zamonaviy voqeliklari bilan uyg‘unlashtirish, mamlakatni ochiq va jadal rivojlanayotgan davlatga aylantirgan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati O‘zbekiston uchun ustuvor vazifa ekanligi qayd etilgan.
Maqolalarda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari chuqur tahlil qilingan. “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” g‘oyasi o‘z ifodasini topgan ijtimoiy sohani rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlatning bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilanagn taʼkidlangan.
«Islohotlar jarayonining muhim yo‘nalishi erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq. Tashkiliy jihatdan bu o‘zbek xalqiga ezgu milliy anʼanalar, maʼnaviyatni asrab-avaylash, yosh avlodni asrlar davomida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, insonparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash imkonini beruvchi mahalla institutini mustahkamlashga asoslanadi», deb yozadi Xitoy jurnallari.