Erondagi vatandosh: Asosiy qonunimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar xalqimiz farovonligi va yurtimizning yana-da taraqqiy ettirishga xizmat qilishiga ishonamiz
– Bosh qomusimizga taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilishi biz kabi xorijda tahsil olayotgan yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonaman.
Yoshlar ishtiroki va inson huquqlarini mustahkamlash maqsadida uzoq istiqbolni ko‘zlab olib borilayotgan islohotlar ulkan imkoniyatlar paydo bo‘lishini anglatadi.
Asosiy qonunimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar xalqimiz farovonligi va yurtimizni yana-da taraqqiy ettirishga xizmat qilishiga aminman.
Ushbu muhim tashabbuslarni olqishlagan holda, men ham Eronda olayotgan bilim va tajribalarimni jonajon O‘zbekistonimizning porloq kelajagiga safarbar etishga tayyorman.