O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar Isroilda taqdim etildi
Elchi Feruza Mahmudova O‘zbekistondagi so‘nggi islohotlarning borishi, xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yakunlari va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish, Asosiy qonunga taklif etilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ushbu siyosiy jarayonda aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat tashkilotlari faol ishtirok etayotagni qayd etildi.
Brifing ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Tadbir Isroil ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi.