O‘zbekiston delegatsiyasi Seulda Koreya Respublikasi davlat qonunchiligi vaziri bilan uchrashdi
Janubiy Koreya Davlat qonunchiligi vazirligi 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, davlat qonunchiligini nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sanaladi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ham maʼlumot taqdim qilindi.
O‘z navbatida, Li Van Gyu mazkur islohotlar jarayoniga ijobiy baho berib, bu borada u mamlakat milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish, uni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha qisqa muddatda amalga oshirilgan tizimli ishlar, xususan, Saylov kodeksi qabul qilinganini alohida taʼkidladi.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi Davlat qonunchiligi vazirligi bilan O‘zbekiston Adliya vazirligi hamda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasi bo‘yicha ham fikr almashildi.