Sankt-Peterburgdagi vatandosh: Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun ekanini isbotlaydi

– Sankt-Peterburg muhandislik iqtisodiyot akademiyasida bakalavriatni tugatib, Rossiya Prezidenti huzuridagi Shimoliy-G‘arbiy davlat xizmatlari akademiyasida magistr darajasini olganman. 2000-2019 yillar davomida Sankt-Peterburg shahar Liteyniy munitsipal okrugi tomonidan to‘rt marotaba deputatlikka saylanganman.
Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yana-da taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, “inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalda qaror topishiga qaratilganini taʼkidlash lozim.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi hamda g‘amxo‘rlik qilishi biz kabi Vatandan uzoqda yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun g‘urur va quvonch baxsh etadi.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun ekanini isbotlamoqda.