Yaponiyadan munosabat: Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgartishlar O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiradi
– O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning borishini o‘zida aks ettiradi, shuningdek, ular islohotlarning yangi yo‘nalishlari mustahkamlanishini ham nazarda tutadi. O‘zgartishlarda asosiy eʼtibor inson huquqlari, ijtimoiy siyosat va fuqarolik jamiyati kabi tushunchalarni huquqiy tomodan yana-da mustahkamlash hamda O‘zbekiston Prezidentining islohotchilik siyosatini davom ettirishga qaratilgan.
Ayniqsa, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mamlakatdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha Asosiy qonunga kiritilayotgan meʼyorlar mening eʼtiborimni tortdi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mahalla instituti davlat boshqaruvi sohasiga tobora ko‘proq jalb etilmoqda, bunga “Mahallabay” dasturi misol bo‘la oladi.
Taklif etilayotgan o‘zgartishlarda mahalla davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tarkibiga kirmasligi va muammolarni mustaqil o‘zi hal etish vakolatiga ega ekanligini alohida belgilab qo‘yish nazarda tutilmoqda. Ishonchim komilki, mahallaning o‘zini o‘zi boshqarishi uchun yetarli resurslar bilan mustahkamlanishi O‘zbekistonda fuqarolar huquqlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga salmoqli hissa qo‘shadi.