Misrdagi vatandosh: O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yaqin istiqbolda Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishda tamal toshi bo‘lib xizmat qilishiga aminmiz
– Biz Misrda turli jabhalarda faoliyat yuritib kelayotgan va vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga aslo befarq emasmiz, dedi u. - Bu mavzuga doir yangiliklar Qohira shahridagi O‘zbekiston elchixonasida tashkil etilayotgan turli tadbirlar hamda yurtimizdan Misrga tashrif buyurayotgan turli delegatsiyalar bilan uchrashuvlar davomida ham tilga olinmoqda.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga keng jamoatchilik va xalqimizning fikr-mulohazalari asosida kiritiladigan o‘zgartirishlar yaqin istiqbolda Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishda tamal toshi bo‘lib xizmat qilishiga aminmiz.
Davlatimizning Asosiy qonuniga kiritilajak o‘zgartishlarda bevosita xorijdagi vatandoshlarning ham huquq va erkinlarini taʼminlash hamda ular bilan to‘laqonli hamkorlikni rivojlantirish hamda “inson qadri” tamoyilini yuksaltirish bo‘yicha alohida mulohazalarning mavjudligi bizni quvontirmoqda.
Misrdagi aksariyat vatandoshlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldor ekanliklarini his qilishadi.