Konstitutsiyaviy islohotlar: barchasi inson qadri uchun
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, xorijda ishlayotgan vatandoshlarning haq-huquqlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Ishtirokchilar mamlakatimizda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishdi. Bosh qomusimiz fuqarolarning haq-huquqlari va turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim yangi normalar bilan to‘ldirilayotgani qayd etildi.
Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar «Inson qadri uchun» g‘oyasini o‘zida mujassam etgani, bunda mamlakatimizning har bir fuqarosining manfaatlari to‘laqonli o‘z ifodasini topayotganligiga alohida eʼtibor qartildi.
O‘z navbatida, vatandoshlarimiz konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol qatnashish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi ekanini taʼkidlash barobarida Bosh konsulxona tomonidan mehnat mingratlariga qaratilayotgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdiar.