O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohotlari mavzusi Ispaniya OAV diqqat markazida
Unda O‘zbekistonning amaldagi Konstitutsiyada o‘z ifodasini topmagan qator yangi ijobiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi taklif etilayotgani bilan bog‘liq jarayonlar atroflicha qalamga olingan.
“Umuman olganda, Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 60 dan ortiq moddani o‘zgartirish va 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilayotgan bo‘lsa, ularning 28 tasiga taklif etilayotgan o‘zgartishlar hamda 6 ta yangi moddaning hammasi inson huquqlari va insonning qadr-qimmati masalalariga taalluqlidir”, deb yozadi onlayn nashr.