O‘zbekiston Prezidenti ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 1-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazir Li Ketsyan, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin, Qirg‘iziston Respublikasi Boss vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyev, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.