Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv
2022-yilning 18-oktabr kuni Dushanbe shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala bilan uchrashdi.
Yevropa Ittifoqi bilan investitsiya, savdo, fan-ta’lim, ekologiya, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yilning 6-iyulida parafirlash (dastlabki imzolash) marosimi bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (KShHTB) tez fursatlarda imzolanishi zarurligi to‘g‘risida yakdil bo‘ldilar. Ushbu keng qamrovli hujjat O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga ixzmat qilishi qayd etildi.
Turli daraja va shakllarda rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan 2022-yil 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan . “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi vazirlar yig‘ilishi va Barqaror rivojlanish uchun “Global darvoza” mavzusidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha xalqaro konferensiyaning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan oʻzaro savdo hajmi 3,13 milliard AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14,8 foizga oʻsgani kuzatildi. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro siyosatning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.