Italiya Prezidentining diplomatik Maslahatchisi bilan uchrashuv
2019-yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rim shahrida Italiya Respublikasi Prezidentining diplomatik Maslahatchisi, Elchi Emanuela D’Alessandro bilan uchrashdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Italiya sammiti ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy muloqotlarni qayta tiklash va tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi munosabatlarga yangi turtki berishga imkon yaratishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda siyosat, iqtisod, investitsiya, fan va ta’lim, madaniy almashinuv sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha aniq takliflar yuzasidan fikr almashildi.