Italiya Deputatlar palatasi vitse-spikeri bilan uchrashuv
2019-yilning 12-dekabr kuni Rim shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Respublikasining Deputatlar palatasi vitse-spikeri Mariya Edera Spadoni xonim bilan uchrashdi.
Tomonlar parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining qonuniy asoslarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qildilar. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “O‘zbekiston-Italiya” deputatlik guruhi va Italiya parlamentidagi “Italiya-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi doirasidagi hamkorlik ahamiyati ta’kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, 22-dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida Italiyadan kuzatuvchilarning ishtiroki va ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.