O‘zbekistonning Koreya Respublikasida bo‘lib turgan yoki mazkur davlatga borishni rejalashtirayotgan fuqarolari diqqatiga
COVID-19 koronavirusinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Koreya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020-yilning 1-mart kunidan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklash choralari joriy qilinishi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.
Aviaqatnovlar soni haftasiga 1 ta reysgacha qisqartiriladi. Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilar uchib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘lib turadilar.
Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi aviareyslar soni qayta tiklanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV so‘nggi kunlar davomida koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq holat og‘irlashayotgan Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:
- O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi:
(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60;
- “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi (aviachiptalar masalalari bo‘yicha):
(+82) 10 8718-6850 (Ayubxon Abdullayev);
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvandju shahridagi vakolatxonasi (mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha):
(+82) 10 8495-0027 (Odiljon Karimov).