Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga! Hurmatli vatandoshlar!
Koreya Respublikasidagi bugungi ichki siyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan, mamlakatdagi kundalik hayot odatdagidek davom etmoqda.
Shu bilan birga, yaqin kunlar ichida Koreya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan impichment bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilinishi arafasida Seul shahrida yirik namoyishlar va mitinglar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shu bois fuqarolarimizni Janubiy Koreyada turli mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, Seul bo‘ylab harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishga, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga, ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion xabarlarni tarqatmaslikka, rasmiy yangiliklarni kuzatib borishga va mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirib qolamiz.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz so‘raladi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334
+82 2 574 6554
O‘zbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi Elchixonasi