O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILGAN 20 TONNA GILOS KOREYA RESPUBLIKASIGA YETKAZILDI
SEUL, 27-may. /«Dunyo»AA/. Bugun «Uzbekistan Airways» AJning charter yuk reysi orqali mamlakatimiz bog‘bonlari tomonidan yetishtirilgan 20 tonna gilos Inchonga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” muxbiri
Mahsulot Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi «UZ SEGANG LLC» kompaniyasi tomonidan eksportga jo‘natilgan. Janubiy Koreyaning «Sunfinite Co.LTD» kompaniyasi vakillari yukni qabul qilib oldi.
O‘zbek giloslari savdo tarmoqlari orqali ushbu mamlakat supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport hajmini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.