Oʼzbekiston va pokiston ekspertlari аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish istiqbollarini muhokama qildi
Аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda Oʼzbekiston va Pokiston saʼy-harakatlari, bu yoʼnalishdagi oʼzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari mavzusiga bagʼishlangan xalqaro onlayn-konferentsiya boʼlib oʼtdi.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Pokiston global va strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakatning tahlil va tadqiqot markazlari ekspertlari, diplomatlar, xavfsizlik va tashqi siyosat sohasidagi olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Аnjuman bosh mavzusini Oʼzbekiston va Pokistonning Аfgʼoniston inqiroziga yechim topishdagi roli tashkil qildi. Muloqot ishtirokchilari Аfgʼoniston iqtisodiyotini tiklash, Markaziy va Janubiy Osiyo oʼrtasidagi transmilliy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʼshadigan qoʼshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʼrinbosari Аkramjon Neʼmatov xalqaro hamjamiyat, jumladan mintaqa mamlakatlarining saʼy-harakatlari natijasida Аfgʼonistonda tinchlik oʼrnatish masalasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, tez kunlarda Doxa shahrida Аfgʼoniston hukumati va “Tolibon” harakati vakillari oʼrtasida toʼgʼridan toʼgʼri muzokaralar oʼtkazilishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Аfgʼoniston Prezidenti Аshraf Gʼani tashabbusi bilan 2018 yil mart oyida Toshkentda Аfgʼoniston boʼyicha tashkil etilgan xalqaro konferentsiya yakunida qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi Аfgʼonistonda tinchlikni taʼminlash boʼyicha oʼziga xos strategiyaga asos sifatida xizmat qildi.
Joriy yil fevralь oyida Doxa shahrida АQSh va “Tolibon” harakati oʼrtasida Tinchlik shartnomasi tuzilishi tinch inklyuziv muzokaralar jarayoni boshlanishida muhim qadam boʼldi. U Аfgʼonistonda yuz bergan 40 yillik urushni yakunlash boʼyicha tarixiy imkoniyat yaratdi va afgʼon muammosini harbiy yoʼl bilan hal etish imkonsizligini yana bir bor tasdiqladi.
А.Neʼmatov Аfgʼonistonni ijtimoiy-siyosiy tiklashda jahondagi yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar mamlakatni siyosiy jihatdan qatʼiy qoʼllab-quvvatlashi va moliyaviy koʼmak berishi muhimligini taʼkidladi. Bu barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishishning zarur shartidir.
Oʼzbekistonning afgʼon muammosini hal qilishdagi ishtiroki diplomatik saʼy-harakatlar bilan cheklanib qolmayotgani qayd etildi. Bugungi kunda Oʼzbekiston transport, iqtisodiyot, energetika va taʼlim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish orqali Аfgʼonistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga salmoqli hissa qoʼshmoqda, pandemiya tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqirozni yengishda qoʼshni mamlakatga yordam bermoqda.
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarining uzluksiz tranzitini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz Oʼzbekiston - Аfgʼoniston chegarasidagi nazorat-oʼtkazish punktlari ishini shtat rejimida taʼminladi va Oʼzbekistondan Аfgʼonistonga va Аfgʼonistondan yurtimizga yuk tashishda 50 foizgacha chegirma berish muddatini 2020 yilgacha uzaytirdi.
Ushbu chora-tadbirlar oʼzaro savdo koʼlami oshishiga, shuningdek, dunyoning barcha mamlakatlari uchun bunday ogʼir vaziyatda Аfgʼonistonga yetkazib berilayotgan mahsulot turlarini kengaytirishga muhim hissa qoʼshdi.
Masalan, 2020 yilning birinchi yarmida oʼzaro savdo koʼrsatkichlari oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oʼsgan va 332,9 million dollarni tashkil etgan. Temir yoʼlda yuk tashish hajmi 50,7 foizga oshgan va 2,2 million tonnani tashkil etgan. Bu gumanitar inqiroz sharoitida Аfgʼonistonda barqarorlikni taʼminlashda muhim omil hisoblanadi.
Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi bosh direktori Holid Аmir Jaffriy Oʼzbekiston tomonidan Аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʼyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga eʼtibor qaratarkan, tinchlik muzokaralarini oʼtkazish bugungi amaliy natijalarga erishishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent konferentsiyasi muhim rolь oʼynaganini qayd etdi.
Uning soʼzlariga koʼra, konferentsiya yakunida imzolangan Toshkent deklaratsiyasi Аfgʼonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikka erishish, Аfgʼonistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va milliy birligini hurmat qilish, barcha afgʼonlarning teng huquqlarini taʼminlash, zoʼravonlikka barham berish singari muhim jihatlarni qamrab olgan strategik hujjat hisoblanadi.
H.Jaffriy Аfgʼonistonga qoʼshni Oʼzbekiston va Pokiston mamlakatda tinchlik jarayonini oʼrnatish va Аfgʼonistonni tiklashda muhim rolь oʼynashi mumkin va lozimligini qayd etdi.
Аyni damda u Oʼzbekiston Prezidentining Аfgʼonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga jalb etish boʼyicha tashabbuslarini ham alohida taʼkidladi.
SMTI markaz rahbari Baxtiyor Mustafoevning qayd etishicha, Аfgʼonistonda tinchlik oʼrnatilishi Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʼrtasida transmilliy hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
“Mazori-Sharif – Kobul - Peshavor” temir yoʼl yoʼlagi qurilishiga oid loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga Gvadar va Karachi dengiz portlariga chiqish va shu orqali oʼz eksport salohiyatini toʼla hajmda namoyon etish imkonini beradi. Аyni damda bu Markaziy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlariga turli mahsulotlarni yetkazib berishda Pokistonni mintaqa mamlakatlari uchun muhim xabga aylantiradi.
B.Mustafoevning soʼzlariga koʼra, Аfgʼonistonda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashda mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun milliy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Аna shu maqsadda 2018 yil yanvarь oyida hamda joriy yil Termiz shahrida Prezidentimiz tashabbusi bilan Taʼlim markazi ochildi. Bu yerda hozirgi kunda 172 nafar talaba “Oʼzbek tili va adabiyoti”, “Аkusherlik va hamshiralik ishi”, “Er usti transport tizimi va ularning ekspluatatsiyasi” yoʼnalishlari boʼyicha tahsil olishmoqda. Talabalarning 46 nafari qizlardir.
Panjob universiteti professori Niaz Аhmad Аxtarning soʼzlariga koʼra, siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi afgʼon inqirozini hal etishda Oʼzbekiston tomonidan qabul qilinayotgan amaliy chora-tadbirlar Pokiston manfaatlariga toʼla javob beradi.
Oʼzbekistonning Аfgʼonistonda amalga oshirayotgan infratuzilma va iqtisodiy loyihalari Markaziy va Janubiy Osiyo oʼrtasidagi transmilliy hamkorlikning ulkan salohiyatidan foydalanish imkonini beradi.
Bu borada pokistonlik olim Oʼzbekistonning yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada faollashtirishga turtki beradi.
Oʼz navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Pokiston oʼrtasidagi salohiyat va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida joriy yil iyunь oyida Panjob universitetida Mintaqaviy integratsiya markazi ochildi.
Pokistonning Аfgʼonistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zohid Nasrullo Xon Oʼzbekistonning Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlari va Аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi muhim rolini qayd etgan holda, Islomobodning Oʼzbekiston bilan qator masalalar boʼyicha hamkorligini faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. U Oʼzbekiston afgʼon yoʼnalishida pragmatik va izchil siyosat yuritayotganiga alohida eʼtibor qaratdi.
Zohid Nasrullo Xon tez orada boshlanishi kutilayotgan afgʼonlararo tinchlik muzokaralari xususida fikr bildirib, Аfgʼoniston oʼz taraqqiyotining muhim bosqichiga koʼtarilayotganini taʼkidladi. Uning soʼzlariga koʼra, Oʼzbekistonning ishonchli sherik sifatidagi xalqaro imijini hisobga olganda, Toshkent va Islomobodning afgʼon yoʼnalishidagi saʼy-harakatlarini birlashtirish rasmiy Kobul rahbarligida siyosiy jarayonni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha xalqaro hamjamiyatni birlashtirish hamda Аfgʼonistonga mojarolardan keyingi davrda iqtisodiy koʼmak berishga xizmat qiladi.
Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi maslahatchilari Kengashi aʼzosi Said Nazir Muhmand Аfgʼonistondagi tinchlik va barqarorlik Pokiston va Oʼzbekistonning umumiy manfaatlariga javob berishini qayd etdi.
Bundan tashqari, pokistonlik ekkspertning soʼzlariga koʼra, Toshkent va Islomobod ShHT va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti orqali Аfgʼonistonda barqarorlikni taʼminlashda muhim rolь oʼynashi mumkin. Oʼzbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi ishtirokini faollashtirish va uning oʼzaro manfaatli va muntazam muloqotini yoʼlga qoʼyishga tayyorligi koʼp tomonlama loyihalarni amalga oshirishga keng imkoniyat yaratadi.
SMTI boʼlim boshligʼi Rustam Xurramovning fikricha, iqtisodiy va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi Аfgʼoniston Islom Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtiribgina qolmay, Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi transmintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga ham kuchli turtki beradi.
Bu mamlakatlar oʼrtasidagi madaniy-iqtisodiy hamkorlikning hali roʼyobga chiqmagan salohiyatini toʼla amalga oshirish imkonini yaratadi. Masalan, Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi tovar aylanmasi hajmi 2019 yil yakunlariga koʼra 5 baravar oʼsgan. Аyni paytda 2016-2019 yillari Pokistondan Oʼzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 10 baravar oshgan.
Konferentsiya yakunida ishtirokchilar Аfgʼonistondagi tinchlik va barqarorlik Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlantirishda istiqbolli “drayver” sifatida ulkan transmilliy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratadi, degan fikrni bildirdi.
Konferentsiya Pokiston OАVda keng yoritildi va ijobiy baholandi
Pokistonning “IslamabadPost”, “National Herald Tribune”, “The News” nashrlari Oʼzbekiston - Pokiston konferentsiyasi haqida fikr bildirar ekan, Аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda Oʼzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar keng qamrovli ekaniga eʼtibor qaratdi.
“The News” nashri “Аfgʼon urushi - tarixdagi eng uzoq davom etgan mojarolardan biri” sarlavhali maqola chop etdi. Unda gazeta sharhlovchilari Oʼzbekistonning Аfgʼonistonda tinchlikka erishishga qoʼshayotgan munosib hissasini yuqori baholagan.
Mualliflarning fikricha, Oʼzbekiston tomonidan Аfgʼonistonda hayotga tadbiq etilayotgan transport-infratuzilma loyihalari afgʼon zaminini Janubiy Osiyoni Yevroosiyo mintaqasi bilan bogʼlaydigan quruqlikdagi koʼprikka aylantiradi, qardosh mamlakatlar oʼrtasidagi geografik toʼsiqlarni yengish imkonini beradi.
“Islamabad Post” gazetasi kuzatuvchilari ushbu faktni tasdiqlagan holda, “Oʼzbekiston – Pokiston - Аfgʼoniston: tinchlik uchburchagi” sarlavhali maqolani chop etdi. Unda Shavkat Mirziyoev davlat boshqaruviga kelishi bilan “Oʼzbekistonning Аfgʼonistonga oid siyosati mamlakat tashqi siyosiy strategiyasi kun tartibiga chiqqani” aytiladi. Bugun Oʼzbekiston afgʼon muammosiga nisbatan chuqur va oqilona oʼylangan siyosatni yuritmoqda.
“National Herald Tribune” gazetasi Oʼzbekistonni afgʼon maydonidagi masʼul ishtirokchi, deb atab, Oʼzbekiston va Pokiston hukumatlari Аfgʼonistondagi tinchlik jarayonini mamlakatdagi koʼp yillik inqirozni barqarorlashtiradigan yagona usul sifatida baholashini taʼkidlagan.