Biznes va tadbirkorlik ko‘mikmalarini shakllantirishda Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlikda taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi
TOSHKENT, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning Hangdon Global (Handong Global) va Konkuk (Konkuk) universitetlari vakillarining bilan videokonferensaloqa shaklidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Vazirlik maʼlum qilishicha, onlayn-muloqot davomida tomonlar qo‘shma taʼlim dasturlari ishlab chiqish va tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Jumladan, oliy maktab va Handong Global universiteti o‘rtasida «ikki tomonlama diplom» dasturlarini tashkil etish, magistratura va doktorantura bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, kredit-modul tizimi yo‘nalishida tajriba almashish, pandemiya sharoitida «G-BEX Korea» qo‘shma taʼlim dasturini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbirda ushbu masalalar asosida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha Janubiy Koreya vakillari bilan keyingi rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi.