Fuqarolar qabuli
Elchixona konsullik bo'limi
Elchixonaning Konsullik bo'limida fuqarolar qabuli quyidagi tartib va jadval asosida olib boriladi:
- Dushanba, soat 08.30 dan 16.00 gacha
- Seshanba, soat 08.30 dan 16.00 gacha
- Chorshanba, soat 08.30 dan 16.00 gacha
- Payshanba, soat 08.30 dan 16.00 gacha
- Juma, soat 08.30 dan 16.00 gacha
Tushlik uchun tanafus: soat 12:30 dan 14:00 gacha
DIQQAT: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ayrim turdagi konsullik xizmatlari (vaqtincha va doimiy konsullik hisobidan o'tish, xorijga chiqish biometrik pasportini yoki O'zbekistonga qaytish uchun guvohnoma olish, fuqarolik masalalari bo'yicha anktea-so'rovnomalarni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining www.consulate.mfa.uz interaktiv konsullik xizmatlari portalida onlayn tarzda to'ldirish mumkin).
Ushu portalning "e-navbat" bo’limi orqali Elchixonada konsullik masalalari bo’yicha qabul vaqtini belgilash mumkin.
O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi Konsullik bo’limida onlayn qabulni amalga oshirish uchun http://e-navbat.mfa.uz/texnolog/usluga?id=24 lavhasidan foydalanish mumkin.
O'zbekiston Respublikasining Seuldagi Elchixonasi bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar:
Manzil: 99 Donhwamun-ro 11 ga-gil, Jongno-gu, Seoul (Unni-dong).
Telefon: 82-2 574-65-54
Faks: 82-2 578-05-76
E-mail: uzconsul@naver.com, kr.uzmebassy@mfa.uz
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lovlar faqat pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Seuldagi Elchixonasining rekvizitlari:
Hana bank, Hisob raqam: 224-910031-67704
MUHIM! HURMATLI MUROJAAT ETUVCHILAR!
Elektron pochta orqali murojaat qilingan taqdirda, sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi to'liq ma'lumotni berishingizni so'raymiz (to'liq ismingiz, pasport ma'lumotlari, O'zbekistonda va istiqomat qilayotgan mamlakatda yashash joyingiz manzili, va bo’lanish uchun telefon raqami), aks holda ushbu murojaat - spam (virus) deb hisoblanadi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar elektron pochta orqali murojaatlarini qat'iy ravishda o'zbek yoki rus tillarida amalga oshirishlari talab etiladi.