Pasport rasmiylashtirish tartibi
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti to’g’risida.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-5156-sonli Qaroriga binoan 2019 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti amalga kiritildi. Ushbu qarorga ko'ra 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilindi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti elchixonalarda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'xatida turuvchi (ya'ni xorijda vaqtincha 6 oydan kam bo'lmagan muddat) fuqarolarga rasmiylashtiriladi.
Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi muddatlarga beriladi:
- tug'ilgan kundan bir yoshgacha bo’lganlarga - 2 yilgacha;
- bir yoshdan 25 yoshgacha bo’lganlarga - 5 yilgacha;
- 25 yoshdan oshgan fuqarolarga - 10 yilgacha.
Xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi hollarda beriladi:
- muqaddam berilgan biometrik pasportning muddati tugashi;
- xorijda bola tug'ilishi;
- pasport amal qilish muddatining tugashi;
- familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi o'zgarishi;
- yozuvlardagi noaniqliklar va xatolarni aniqlash;
- ma'lumot va vizalar uchun mo'ljallangan sahifalarning tugashi;
- pasportning yaroqsiz holga kelishi;
- pasportni yo'qotish;
ELCHIXONANING DOIMIY KONSULLIK RO'YXATIDA TURUVCHI FUQAROLARGA PASPORT RASMIYLASTIRISH
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
ELCHIXONANING VAQTINCHA KONSULLIK RO'YXATIDA TURUVCHI ARIZACHILAR UCHUN PASPORT BERISH/ALMASHTIRISH
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Anketa-so’rovnoma 3,5*4,5 sm o’lchamdagi fotosurat bilan (namuna (https://drive.google.com/file/d/10TWoin7vlyDCB5d3Clx1cy7mlc2J2VwA/view havolasida).
2. Muqaddam rasmiylashtirilgan biometrik yoki xorijga chiqish pasport asli va nusxasi;
3. Koreyada bo’lib turish maqsadini tasdiqlovchi hujjat, ya'ni ish, o’qish, davolanish yoki oilaviy munosabatlar haqidagi ma’lumotnomalar (faqatgina D-2, D-4, E-9, E-7, F-6 va G-1 viza egalari uchun).
4. Koreya immigratsiya xizmatidan berilgan va amal qilish muddati 3 oydan kam bo'lmagan ID-karta nusxasi;
5. Arizachining Elchixona konsullik ro’yxatida turishi haqidagi tasdiqnoma (ro’yxatdan https://consulate.mfa.uz/kus/vindex sayti orqali o’tiladi).
6. Davlat boji to’langanligi haqidagi hujjat (170 AQSH dollari miqdorida).
*** Konsullik ro’yxatidan o’tish bo’yicha tayyorlangan video lavha https://www.youtube.com/watch?v=3LMCerljmxchttps://www.youtube.com/watch?v=3LMCerljmxc havolasida.
16 yoshga to’lmagan shaxslarga pasport rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Anketa-so’rovnoma 3,5*4,5 sm o’lchamdagi fotosurat bilan (namuna https://drive.google.com/file/d/1RsYQ-2wdjDZk5XQWqUYfYd5Uyfq_Gq0s/view havolasida).
2. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va muqaddam rasmilayshtirilgan pasport nusxasi (agar pasport olgan bo’lsa).
3. Voyaga yetmagan shasxning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari hamda ularga Koreya Immigratsiya xizmatidan berilgan ID-karta nusxasi.
4. O’zbekiston hududida doimiy yashovchi ota yoki onaning bolaga pasport berilishi uchun notarial tasdiqlangan rozilik arizasi (namuna). Ushbu rozilik quydagi holatlarda talab qilinmaydi:
- ota yoki ona vafot etgan taqdirda o’lim to’g’risidagi guvohnoma;
- ota yoki onaning otalik yoki onalik huquqidan mahrum qilinganligi haqidagi sud qarori nusxasi;
- ota yoki onaning bedarak yo’qolgan yoki o’lgan deb tan olinganligi to’g’risida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi;
- bola yolg’iz ota yoki yolg’iz ona qaramog’ida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma nusxasi;
5. Davlat boji to’langanligi haqidagi hujjat (20 AQSH dollari miqdorida).
***Izoh: arizachiga pasport rasmiylashtirish uchun yuborilgan so’rovnoma holati bo’yicha ma'lumotni Davlat personallashtirsh agentligining https://dpm.uz/interactiveService/status veb-sahifasidan olish mumkin. Buning uchun so’rovnomadagi 32 xonali unikal raqamni yoki QR-kodni kiritish lozim.
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
PASPORT YO'QOTILGAN TAQDIRDA ELCHIXONANING DOIMIY VA VAQTINCHA KONSULLIK RO'YXATIDA TURUVCHI A'ZOLARI UCHUN PASPORT BERISH
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasining konsullik bo'limi tomonidan Elchixonada doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti yo'qolgan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasportini beradi.
Elchixonaning konsullik bo'limida doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yo'qolgan taqdirda, Elchixonaga shaxsan suhbatdan o’tish uchun murojaat qiladi va shaxsini tasdiqlash bo’yicha hujjatlarni taqdim etadi. Mazkur hujjatlar O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari bilan kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.
Agar yo’qotilgan xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti O'zbekistonning Berlindagi Elchixonasi tomonidan berilgan bo’lsa, bu holatda shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuborilmaydi. Bunday holda, yangi pasport olish uchun hujjatlar tayyorlanadi (hujjatlar ro'yxati 2-3-bo'limda ko'rsatilgan). Biroq, hujjatlar ro'yxatiga qo’shimcha ravishda politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi olingan ma’lumotnoma qo'shilishi kerak.
Boshqa hollarda, arizachining shaxsini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Shaxsni tasdiqlash uchun anketa-ariza 2-nusxada (namuna). Bunda har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Agar mavjud bo'lsa, pasport nusxasi.
3. vakolatli idoralardan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma tasdiqlangan va o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 40 AQSH dollari;
Agar ariza beruvchi pasportni yo'qotishdan oldin Elchixonada vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, u holda O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun hujjatlarni taqdim etadi (ma'lumot "O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma" bo'limida mavjud).
Murojaat etuvchining Elchixonaga shaxsan tashrif buyurish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, murojaat etuvchi avval konsul bilan telefon orqali muzokara qilishi kerak.