O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish tartibi
O’zbekistonga qaytish guvohnomasi (yoki sertifikat) pasporti yo’qolgan, yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan yoki muqaddam pasport bilan hujjatlashtirilmagan O’zbekiston fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxslariga rasmiylashtiriladi. Guvohnoma olish uchun elchixonaga quyidagi hujjatlarni taqdim qilish lozim:
1. anketa-so’rovnoma (https://consulate.mfa.uz interaktiv sayt orqali to’ldiriladi).
2. 3,5*4,5 sм o’lchamdagi rangli fotosurat (1 dona).
3. muddati o‘tgan yoki yaroqsiz holga kelgan pasport.
4. pasport yo’qotilgan bo’lsa uning yo’qolganligi haqida Koreya politsiya idoralaridan berilgan ma’lumotnoma.
5. muqaddam pasport bilan hujjatlashtirilmagan fuqarolarning tug’ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlari nusxasi.
6. davlat boji to'langanligi haqida hujjat (voyaga yetgan shaxslar uchun - 60 AQSH dollari, voyaga yetmaganlar uchun - 10 AQSH dollari miqdorida).
*** Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.
*** Arizachi O’zbekistonga qaytganidan so’ng 10 kun ichida guvohnomani doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga topshirishi lozim.
Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng beriladi.
Sertifikat bir oydan, alohida vaziyatlarda (kasalligi tufayli, hibsda saqlanayotgan xolda, yashayotgan davlatda kosullik muassasalari bolmagan taqdirda) uch oy muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar to’grisidagi ma’lumotlar yozilmaydi.
Quyidagi holatlar arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:
- o‘zi yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatning yo‘qolganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar bersa;
- taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlat belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar yetarli emas, so‘rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq emas).