Chet elda doimiy yashash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish
Xorijda vaqtincha yashab turgan va ushu davlatda doimiy yashashga qaror qabul qilgan O'zbekiston fuqarosi quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirishi talab etiladi (hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ko'rib chiqiladi):
Xorijga doimiy yashashga chiqish yozuvini rasmiylashtirish uchun arizachi shaxsan quyidagi hujjatlar to`plamini 2 nusxada (alohida jildlarda) topshiradi:
1. O’zbekiston Respublikasi mutasaddi idoralari nomiga sabablari to’liq ko’rsatilgan holda yozilgan ariza (namuna).
2. to’liq va xatosiz to’ldirilga ariza-anketa (namuna).
3. 3.5*4.5 hajmdagi fotosurat - 2 dona;
4. chet elga chiqish uchun nobiometrik pasport, biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasportining asli — nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi;
5. tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
6. harbiy guvohnoma yoki hisobda turganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki mudofaa bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun);
7. Koreya Respublikasida qonuniy yashashga ushbu davlat idoralari tomonidan berilgan ruxsat - ID-karta;
8. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan tug‘ilgan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi;
Quyidagi holatlarda ota-onalaridan birining roziligi talab qilinmaydi:
- ota-onalardan biri vafot etgan bo‘lsa (vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi taqdim etilganda);
- fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa;
- agar bolaning ota-onalaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa;
- ota-onalardan biri sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan (sud qarori nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa;
- ota-onalardan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa;
- ota-onalardan biri sud tomonidan mehnatga layoqatsiz deb topilgan (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa;
- ota-onalardan biriga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va u qidiruvda bo‘lsa (ichki ishlar organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda);
- agar ota-onalardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobdan chiqarilgan va chet elda doimiy yashayotgan bo‘lsa.
16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tegishli iltimosnomalar bilan murojaat qiladilar va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha anketa-arizani (kog‘oz yoki elektron shaklda) to‘ldiradilar.
Ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar o‘rtasidagi rozilik (norozilik), shuningdek, bolalarning xorijga chiqishini cheklash bo‘yicha har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
9. 30 AQSH dollari miqdorida konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
*** Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.
10. hujjatlarni tikish uchun yig'ma jild - 2 dona