O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi yangi Qonuni 2020 yil 13 mart kuni qabul qilingan.
Qonunning to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi 610-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligi fuqaroligidan chiqish yoki fuqaroligini yo‘qotganlik oqibatida tugatiladi (23-modda).
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan beriladi.
Xorijda yashayotgan shaxs mazkur iltmosmonani konsullik muassasasiga taqdim etishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasalarida konsullik hisobida turgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi. Вarcha hujjatlar 2 nusxada taqdim etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi PF-6185 sonli farmoniga asosan arizachi O‘zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasasiga shaxsan murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni ilova etadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza (namuna);
- Ariza-so'rovnoma (https://consulate.mfa.uz/citizenship/index interaktiv konsullik xizmatlari portalida to'ldirilidi );
- Pasport (yoki O'zbekiston idoralari tomonidan berilgan shaxs guvohnomasi);
- Nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (agar bo‘lsa);
- Arizada bola ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va (mavjud bo‘lsa) pasporti (ID-kartasi). Bunday hollarda bolaning otasi yoki onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolayotgan bo‘lsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi;
- Avtobiografiya va yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot;
- 4 ta surat (35*45mm);
- Boshqa davlat fuqaroligini qabul qilganligini tasdiqlovchi yoki vakolat beruvchi hujjat, rasmiy tarjima bilan;
- Otalari yoki onalari bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlar o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha rozilik arizalarini taqdim etadilar;
- 120 AQSH dollari miqdorida konsullik yig'imi to'langanligi haqidagi hujjat.
- *** Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.
agar ota-ona ikkalasi ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, faqat bittasi voyaga yetmagan farzandi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan bo‘lsa, bolaning va turmush o‘rtog’ining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga bo‘lgan munosabati arizasida ko‘rsatilishi lozim;
Agar ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek, uning qaramog‘idagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.
Agar tegishli holatlar mavjud bo‘lsa, ota-onaning, turmush o‘rtog‘ining roziligi o‘rniga ariza beruvchidan yoki tegishli organdan:
vafot etganligi haqida guvohnoma, agar ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan bo‘lsa;
ko‘rsatilgan shaxslarni ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganligi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi yoxud fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilinganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
yolg‘iz ota yoki ona ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar vakolatli organ tomonidan so‘rab olinadi.
*** Yuqorida ko’rsatilgan barcha hujjatlar arizachi tomonidan 2 nusxada taqdim etilishi lozim. Hujjatlar to’liq taqdim etilganidan so’ng ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiyaga yuboriladi.