O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish
Fuqarolikini yo’qotish masalalari fuqarolik to’g’risidagi Qonunining 25-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi PF-6185 sonli farmoni bilan tasdiqlanfan nizom asosida tartibga solinadi.
Qonunchilikka ko’ra O’zbekiston fuqaroligi quyidagi holatlarda yo’qotiladi:
- shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
- agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz elchixona doimiy konsullik hisobiga turmagan bo’lsa;
- shaxs muqaddam O’zbekiston fuqaroligini yolg’on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida qabul qilgan bo’lsa;
- agar shaxs chet davlatning foydasini ko’zlab faoliyat ko’rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo’li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa;
- agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo’lsa;
- agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug’ilganlik bo’yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo’lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo’lsa va yigirma bir yoshga to’lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo’lsa.
Bunda arizachi elchixonaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (elchixonada to’ldiriladi).
2. Arizachining pasporti yoki shaxs guvohnomasi (ID-karta).
3. Arizachining tarjimai holi va uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot (namuna).
4. Fuqaroning chet elga doimiy yashashga ro’yxatdan chiqganligini tasdiqlovchi hujjat (Qonuning 25-moddasi b-bandi uchun).
5. Boshqa davlat fuqarolik pasporti nusxasi (Qonuning 25-moddasi d-bandi uchun).
6. Boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan arizachining maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi) oʼzgargan boʼlsa, mazkur holatni tasdiqlovchi hujjat va uning notarial tartibda tasdiqlangan o’zbek tilidagi tarjimasi.
7. Аrizachining boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan hujjat va uning notarial tartibda tasdiqlangan o’zbek tilidagi tarjimasi (Qonuning 25-moddasi d-band uchun).
8. 3,5*4,5 sm o’lchamdagi 4 ta rangli fotosurat
9. 120 AQSH dollari miqdorida konsullik yig'imi to'langanligi haqidagi hujjat.
*** Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.
*** Yuqorida ko’rsatilgan barcha hujjatlar arizachi tomonidan 2 nusxada taqdim etilishi kerak. Hujjatlar to’liq taqdim etilganidan so’ng ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiyaga yuboriladi.