O'zbekiston Respublikasidan hujjatlarni talab qilish
O'zbekiston Respublikasidan hujjat talab qilish
O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so‘rab olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar bevosita O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat etuvchi shaxs har bir so‘rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani to‘ldirishi, shuningdek konsullik yig’imini hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig’imini to‘lashi lozim.
Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy guvohnomalarning asl nusxalarini so‘rab olish, jo‘natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo‘lsa, nikohdan o‘tganlik to‘g’risidagi guvohnomani, vafot etgan shaxsning tug’ilganlik to‘g’risidagi guvohnomasini qaytadan so‘rab olinishi mumkin emas. Voyaga etmagan shaxslarning tug’ilganlik to‘g’risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so‘rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to‘g’risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so‘rab olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so‘rab olish uchun anketa (namuna). Savollarga javoblar to‘liq va aniq bo‘lishi kerak.
*** Har bir so'rab olinadigan hujjat uchun O'zbekiston fuqarolaridan jami 30 AQSH dollari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan 70 AQSH dollari undiriladi. Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.
Yagona davlat xizmatlari portali (YDXP) orqali hujjatlar olish