FHDYO masalalari
Koreya Respublikasida doimiy yoki vaqtincha yashab kelayotgan O’zbekiston qurarolari uchun fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan O’zbekiston qoununchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tug’ilshni rasmiylashtirish tartibi
O’zbekiston fuqarolarining Koreyada tug’ilgan farzandlariga tug’ilganlik haqida guvohnomalar qonuniy nikohda bo’lgan ota-onalar, qonuniy nikohda bo’lmagan va otalikni belgilash istagini bildirgan yoki qonuniy nikohda bo’lmagan yolg’iz ona arizasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
Nikohni qayd qilish tartibi
Nikoh to’g’risidagi guvohnoma nikoh tuzgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va o’zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelishini ko’rsatuvchi hujjat hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga binoan, nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etishi nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Nikohni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza Elchixonaga kelib tushganda, nikohga kirayotgan shaxslarga belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi.
Nikohni ro’yxatdan o’tkazish muddatini uzaytirish nikoh tomonlarining qo’shma arizasi asosida ko’rib chiqiladi. Ba’zi hollarda, agar yetarli asoslar mavjud bo’lsa, shuningdek Elchixonaning tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Nikohlanuvchilar nikohga to’sqinlik qiluvchi holatlarni yashirish oqibatlari to’g’risida ogohlantiriladilar. Nikohni ishonchnoma yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tganligi to’g’risida guvohnoma bo’lmagan taqdirda ro’yxatdan o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
Qunun talablariga ko’ra nikohlanuvchilardan birining bir paytning o’zida boshqa nikohda bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi sabali, arizani qabul qilish paytida Elchixona ariza beruvchilarning qonuniy nikohda bo’lish yoki bo’lmasligini tekshiradi.
Muqaddam turmush qurgan shaxs Elchixonaga avvalgi nikohning bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart. Bu nikohni bekor qilinganligi to’g’risiagi guvohnoma, ajrashish to’g’risidagi sud qarori, turmush o’rtog’ining o’limi to’g’risidagi guvohnoma yoki nikohni haqiqiy emasligi to’g’risidagi sud qarori bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga nikoh tuzishga:
- loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida;
- nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida;
- loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o’rtasida yo’l qo’yilmaydi.
O’limni haqida guvohnoma olish tartibi
Familiya, ism va otasining ismini o’zgartirish tartibi
Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o’n olti yoshga to’lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismi o’zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o’zgartishlar kiritadi.
Er (xotin)ning familiyasi o’zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o’zgartirishga sabab bo’lmaydi.
Ota-ona har ikkalasining familiyasi o’zgartirilganda ularning o’n olti yoshga to’lmagan bolalari familiyasi ham o’zgartiriladi.
Agar ota-onadan biri o’z familiyasini o’zgartirsa, ularning o’n olti yoshga to’lmagan bolalari familiyasini o’zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo’lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi.
Ota ismining o’zgartirilishi uning o’n olti yoshga to’lmagan bolalarining ota ismi albatta o’zgartirilishiga sabab bo’ladi.
Familiya, ism va otaning ismini o’zgartirish to’g’risidagi arizalar quyidagilar hisoblanadi:
- “Davlat tili to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq;
- sud qarori asosida;
- agar familiya va ism mos kelmasa (nomutanosib bo’lsa);
- agar familiya va ism millatiga mos kelmasa;
- nikohgacha bo’lgan familiyaga qaytish istagi bo’lganda (nikoh paytida va ajralishdan keyin);
- agar oila uchun umumiy familiyani tanlash istagi bo’lsa (agar nikohda er-xotin umumiy familiyani qabul qilmagan bo’lsa);
- 16 yoshga to’lgan shaxsga otalikni belgilashda.
Familiya, ism va otasining ismini o’zgartirish uchun Elchixona konsullik bo’limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Ariza (namuna)
2. Ariza beruvchining va bolalarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasining asli va nusxasi (agar ariza beruvchining voyaga etmagan bolalari bo’lsa).
3. Pasportning asli va nusxasi
4. 3 x 4 sm fotosurat (1 dona)
5. O’zbekiston FHDYo organlari yoki O’zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik idoralari tomonidan berilgan nikoh / ajrashish to’g’risidagi guvohnomaning asli va nusxasi. Agar nikoh to’g’risidagi guvohnoma chet davlat (qabul qiluvchi davlatning) tegishli idorasi tomonidan berilgan bo’lsa, unda ushbu hujjatning asl nusxasini taqdim etish va belgilangan tartibda uning legalizatsiya yoki apostillangan shaklini, o’zbek tiliga tarjimasi bilan nusxasini taqdim etish zarur.
6. Agar ariza beruvchi voyaga etmagan bo’lsa yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolsa sa, u holda ota-onaning yoki vasiyning yoki kuratorning arizasi;
7. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya - 70 AQSh dollari