Notarial harakatlar
Notarial harakatlar
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi konsullik bo'limi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yo'q shaxslar, shuningdek Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolarininig so'roviga asosan quyidagi notarial harakatlari amalga oshiriladi:
- ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirish;
- imzoni haqiqiyligini notarial tasdiqlash;
- transport vositalardan foydalanish va sotish huquqini beruvchi ishonchnomalarni berish.
Notarial harakatlarni amalga oshirish bo'yicha murojaat etuvchi konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi talab qilinadi va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Bunda arizachi o’zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (biometrik pasporti, shaxs guvohnomasi yoki xorijga chiqish biometrik pasporti) aslini taqdim etishi shart.
Arizachi ushbu hujjatlardan biri taqdim etmagan taqdirda, konsul tomonidan notarial harakat amalga oshirilmaydi.
Elchixonada barcha turdagi hujjatlarni (arizalar, rozilik arizalari, ishonchnomalar) notarial tartibda tasdiqlash uchun arizachi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
1. Аrizachi yoki ishonchnoma beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli.
2. Ishonchnoma oluvchi yoki arizada koʼrsatilgan ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi.
3. Ishonchnoma yoki arizada koʼrsatilayotgan mulk yoki transport vositasining davlat roʼyxatiga olinganligi toʼgʼrisidagi hujjat nusxasi (kadastr guvohnomasi/tex.pasport).
4. Davlat boji toʼlanganligi haqidagi hujjat (fuqarolar uchun 30 AQSH dollari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va boshqa davlat fuqarolari uchun – 85 AQSH dollari miqdorida).
*** Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.