Konsullik ro'yxati
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi “Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga asosan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ularning xorijda bo‘lish maqsadlaridan kelib chiqib Elchixona konsullik ro‘yxatini yuritadi
1. DOIMIY KONSULLIK RO'YXATI
Koreya Respublikasiga bo’lib turgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar Elchixonada quyidagi shartlarda doimiy konsullik ro'yxatdan o'tadilar:
I. Koreya Respublikasiga doimiy yashash uchun O'zbekistonning xorijga chiqish biometrik pasporti bilan O'zbekistondagi vakolatli idoralar ruxsatini belgilangan tartibda olgan holda jo'nab ketganlar. Xorijga chiqish biometrik pasportida ro’yxatdan chiqqanlik muhri va yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga ketish varaqasi bo'lishi kerak.
II. Koreya Respublikasiga doimiy yashash uchun O'zbekistonning biometrik pasporti bilan O'zbekistondagi vakolatli idoralar ruxsatini belgilangan tartibda olgan holda jo'nab ketganlar. Biometrik pasportda "Dоimiy yashashga ketishga ruxsat berildi" stikeri bo'lishi kerak (muddati ko'rsatilmagan va tegishli ravishda o'zbek va ingliz tillarida yozilgan stiker).
III. Xorijga doimiy yashashga ketish uchun ro’yxatdan chiqganlik muddati 7 yildan oshmasligi kerak.
Doimiy konsullik ro'yxatidan o'tish uchun murojaat etuvchiga konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi tavsiya qilinadi va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Anketa - doimiy konsullik hisobiga olish uchun ro'yxatdan o'tish kartasi. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari portal consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketaning yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan alohida varaqqa bosmalanishi kerak;
2. 3 x 4 sm o'lchamdagi fotosurat (1 dona).
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin;
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki O'zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
5. Voyaga etmagan fuqaroning ota-onalsi yoki boshqa qonuniy vakillari pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Koreya Respublikasi vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma/id-karta (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Kosullik yig’imi - 40 AQSh dollari;
8. 16 yoshgacha bo'lgan shaxslar ham alohida ariza shaklini to'ldirishlari lozim. Bunda to'lov miqdori – 20 AQSh dollarini tashkil etadi.
Kerakli hujjatlar to'plami taqdim etilgandan so'ng, arizachining pasportiga muhr bosiladi va doimiy konsullik hisobiga qabul qilinganligi to'g'risida tegishli yozuv qo’yiladi.
2. VAQTINCHA KONSULLIK RO’YXATI
Quyidagi maqsadlarda Koreya Respublikasiga vaqtincha keladigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslari vaqtincha konsullik ro’yxatiga olinadi:
- hukumatlararo bitimlar yoki kelishuvlar asosida xizmat safariga borgan;
- tahsil olish;
- davolanish uchun;
- mehnat faoliyati bilan shug’ullanish;
- oilaviy birlashish.
Vaqtinchalik konsullik ro’yxatidan o'tish uchun ariza beruvchi Koreya Respublikasida qonuniy ravishda olti oydan kam bo’lmagan davrda yashayotgan boshishi kerak.
Vaqtinchalik konsullik ro’yxatidan o'tish uchun konsullik yig'imi olinmaydi.
Vaqtinchalik konsullikni ro'yxatidan o'tish uchun murojaat etuvchiga konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi tavsiya qilinadi va quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
1. Anketa - vaqtincha konsullik hisobiga olish uchun ro'yxatdan o'tish kartasi. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining consulate.mfa.uz interaktiv konsullik xizmatlari portali orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketaning yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan alohida varaqqa bosmalanishi kerak;
2. 3 x 4 sm o'lchamdagi fotosurat (1 dona).
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin;
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki O'zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma;
5. Voyaga yetmagan fuqaroning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki chet elga chiqish uchun biometrik) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma Koreya Respublikasi vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma/id-karta.
7. Chet elga chiqish maqsadidan kelib chiqib, qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
xizmat safarida bo’lsa:
- xorijga chiqish to'g'risidagi buyruq yoki guvohnoma nusxasi;
tahsil olish:
- o'qish joyidan o'qish yo'nalishi va davomiyligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki ingliz tillarida);
davolanish uchun:
- qabul qiluvchi mamlakat tibbiy muassasasi tomonidan berilgan taklifnoma nusxasi;
- bemorni tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy muassasa ma’lumotnomasi nusxasi;
mehnat faoliyati bilan shug’ullanish:
- ish joyidan ish joyining davomiyligi va lavozimi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki ingliz tillarida);
- yoki mehnat shartnomasining nusxasi (rus yoki ingliz tillarida);
oilaviy birlashish uchun.
- agar turmush qurgan bo'lsa, nikoh to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
- agar shaxs 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-onalarning pasportlari nusxalari;
- agar yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
Kerakli hujjatlar to'plami taqdim etilgandan so'ng, arizachining pasportiga muhr bosiladi va vaqtincha konsullik hisobiga qabul qilinganligi to'g'risida tegishli yozuv qo’yiladi.
3. KONSULLIK RO'YXATIDAN CHIQARISH
Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar quyidagi holatlarda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqariladi:
- boshqa konsullik okrugiga ketish;
- mamlakatda bo'lish muddati tugashi va O'zbekiston Respublikasiga qaytib ketish;
- O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish va fuqarolikni yo'qotish munosabati bilan;
- o'lim munosabati bilan.
Doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:
- belgilangan tartibdagi ariza (namuna);
- pasportning asli.
Doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqarish uchun konsullik yig'imi olinmaydi.
Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan davrda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqish huquqiga egadirlar. Bunday holda, ular O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik huquqiy departamentiga yoki Tashqi ishlar vazirligining viloyatlardagi bo’linmalariga murojaat qilishlari lozim.