Madaniy va gumanitar hamkorlik
Madaniy va gumanitar hamkorlik
1. Ta’lim sohasida. 1992-yildan buyon Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatdagi 9 ta universitet va 24 ta maktabda koreys tili o‘rganiladi.
Oʻzbekistonda 4 ta oliy oʻquv yurtlari: Toshkentda Inha, Buchon, Adju, shuningdek, Fargʻonada Koreya xalqaro universiteti filiallari faoliyat koʻrsatmoqda.
Yongin shahridagi Xankuk xorijiy tillar universitetida o‘zbek tili bo‘limlari, Kvanju shahridagi Xonam universitetida qisqa muddatli til kurslari tashkil etilgan.
2023 yilning mart oyida Toshkentda ikki davlat yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari Forumi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida 324-sonli eksperimental maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, u yerda ta’lim koreys metodologiyasi bo‘yicha olib boriladi.
KOIKA bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yaxlit markaz tashkil etishni nazarda tutuvchi “Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
2. Sog'liqni saqlash sohasida. Respublikamizning 400 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari Koreyaning yetakchi klinika va markazlarida malaka oshirib, amaliyot o‘tashdi.
2019 yil aprel oyida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya markazi tashkil etildi.
2020 yilda EDCF jamg‘armasi ko‘magida Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli Bolalar markazi qurilishi yakunlandi.
Tibbiyot klasterini, jumladan, kattalar uchun ko‘p tarmoqli shifoxona, onkologiya klinikasi, tibbiyot universitetini qurish, shuningdek, farmatsevtika klasterini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish ko‘rib chiqilmoqda.
3. Madaniyat sohasida. 2014 yilda Toshkentdagi “Do‘stlik bog‘i” hududida Seul bog‘i ochildi.
2019 yil aprel oyida Toshkentda Koreya madaniyati va sanʼati uyi ochildi. 2018 yilda Toshkentdagi ko‘chalardan biriga “Seul” nomi berildi.
2021 yil dekabr oyida Seulda buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiy haykali ochildi.
2022 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi: Koreyada – o‘zbek madaniyati festivallari, O‘zbekiston haqidagi fotoko‘rgazma, o‘zbek san’at ustalarining konsertlari, Toshkentda – Koreyaning “NANTA” guruhi,
“K-POP” koreys qoʻshiqlari festivali, Koreya simfonik orkestri konserti, shuningdek, Oʻzbekiston-Koreya ekspertlar forumi.
2024 yil aprel oyida Alam Xon boshchiligidagi koreys raqs guruhi Xivada bo‘lib o‘tgan “Lazgi” II Xalqaro raqs festivalida “Eng yaxshi yakkaxon ijrochi” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.